23:11 / 19.11.2015
2788

Gondurasda qo‘lga olingan suriyaliklarning terrorchilar bilan aloqasi yo‘qligi aniqlandi

Gondurasda qalbaki pasport bilan qo‘lga olingan besh nafar suriyalik hech qanday terrorchilik guruhiga a'zo emasligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Mahalliy huquq-tartibot organlarining ma'lum qilishicha, ularning to‘rt nafari talabalar bo‘lgan. Ularning bari AQShdan boshpana topish maqsadida Suriyadan chiqib ketishgan.

Politsiyaning ta'kidlashicha, qo‘lga olinganlarning Parij teraktlariga hech qanday aloqasi yo‘q.

Top