15:56 / 19.11.2015
15717

Guardian: AQShning dronlari IShID jangarilariga yordam bermoqda

AQShning uchuvchisiz apparatlari berayotgan zarbalar tinch aholining o‘limlariga sabab bo‘lib, IShIDga yordam bermoqda. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Aytilishicha, AQShning 4 nafar sobiq zobiti prezident Barak Obamaga maktub yo‘llagan. Unda harbiylar taktikani qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.

Ularning fikricha, amaldagi harbiy taktika nafrat tuyg‘ularini keltirib chiqarib, terrorchilikning yanada avj olishiga omil bo‘lmoqda. Xususan, ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, dronlar zarbalari oqibatida aybsiz insonlarning o‘ldirilishi terrorchilar saflariga yanad ko‘proq odamlarning qo‘shilishiga olib kelmoqda.

“Xorijda uchuvchisiz dronlardan foydalanish dasturi qanday halokatli oqibatlarga olib kelayotganini bila turib, jim tura olmaymiz”, - deyiladi maktubda.
Maxfiy hujjatlarga tayanilib aytilishicha, dronlar berayotgan zarbalarning 90 foizi belgilanmagan obektlarga to‘g‘ri kelmoqda. Noma'lum qurbonlar esa “jangda o‘ldirilgan dushmanlar” sifatida ko‘rsatiladi.

To‘rt harbiy xizmatchidan biri Brendon Brayant dronlar texnologiyasiga qarshi emasligini, ammo uni aql bilan ishlatish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
“Biz bugungi ahvolida dastur noto‘g‘ri qo‘llanayotganini, unda shaffoflik yo‘qligini, biz boshqacha yechimlarga ochiq bo‘lishimiz kerakligini yaxshi tushunamiz”, - ta'kidladi u nashrga bergan intervyusida.

Ta'kidlanishicha, Obama davrida dronlar berayotgan zarbalar soni sezilarli darajada ortgan. 2019 yilga kelib esa Pentagon dronlarning kundalik reyslari sonini 50 foizga oshirmoqchi.

Top