00:37 / 19.11.2015
4659

IShID dastlab g‘arb davlatlaridan birining samolyotida terakt uyushtirmoqchi bo‘lganini ma'lum qildi

IShID terrorchilik guruhi o‘zining jurnalida Sinay yarimoroli ustida dastlab g‘arb davlatlaridan birining samolyotini portlatish rejasi borligi haqidagi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, IShID Rossiya samolyotini Moskva Suriyada jangarilar pozitsiyalariga zarba bera boshlagandan keyin tanlagan.

Ta'kidlanishicha, terrorchilar Sharm-ash-Shayx aeroportidagi xavfsizlik tizimida “tirqish” bo‘lgani uchun samolyot bortiga bomba olib chiqa olishgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin A321 samolyoti qulashi sababli Suriyada jangarilarga qarshi zarbalarni kuchaytirishga va'da bergani ma'lum qilingandi.

Top