17:48 / 19.11.2015
4255

McDonald's Eron bozoriga kira olmaydi

Eron o‘z bozoriga McDonald's tarmog‘ining kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat sanoat, konlar va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Mujtabo Xusravtoj RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Ayrim iste'mol tovarlarida AQSh belgisini ko‘rish mumkin. Masalan, McDonald's’ni olaylik. Turli davlatlarda odamlar uni AQShning ushbu mamlakatda mavjudligi belgisi sifatida ko‘rishadi. Ko‘p yillar mobaynida Eron xalqi AQSh dushmanlarimizdan biri ekanligini tushunib kelgan. Odamlar biz bilan turli mintaqalarda va turli xalqaro masalalarda kelishmovchilikka ega davlatning ramzi bizning ichki bozorimizda bo‘lishini to‘g‘ri deb hisoblamaydi”, - ta'kidladi u.

Xusravtojning ishontirib aytishicha, “u yoki bu darajada AQSh ramzi bo‘lgan bunday turdagi mahsulotlar va franshizalar” Eron xalqi tomonidan qabul qilinmaydi.

Jurnalistning McDonald's Eron bozoriga qiziqish bildirishi mumkinligi haqidagi savoliga javoban vazir o‘rinbosari bu madaniy farqlar tufayli amalga oshmasligini aytdi: “Madaniyatimizda bunday uzilish bor ekan, viza bilan bog‘liq muammolarimiz bor ekan, xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyamiz boshqacha ekan, bu qanaqasiga bo‘lishi mumkin?”.

Top