00:49 / 19.11.2015
15239

OAV: Parij terakti tashkilotchisi yo‘q qilindi

Parij teraktlarining tashkilotchisi Abdulhamid Abaud halok bo‘ldi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Nashrning ikki manbasi ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruv natijasida aniqlangan uning turar-joyiga politsiya tomonidan o‘tkazilgan reyd paytida terrorchi yo‘q qilingan. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, Abaud Parij shimolida yashiringan va yangi teraktga hozirlik ko‘rgan bo‘lishi mumkin.

100 nafarga yaqin politsiyachi va askarlar yetti soat vaqt mobaynida binoni qurshab turishgan. Hujum vaqtida ikki nafar odam o‘lgan, jumladan, terakt tashkilotchisi ham.

Top