14:51 / 19.11.2015
7850

Parijdagi terakt ijrochisi sobiq rafiqasi: Erim dindor emasdi

13 noyabr kuni Parijda terakt sodir etganlardan biri, Volter xiyobonida o‘zini portlatgan Ibrohim Abdislomning sobiq rafiqasi, 36 yoshli Naimaning aytishicha, uning sobiq eri dindor odam bo‘lmagan.

Naimaning aytishicha, Ibrohim doimiy ravishda giyohvand moddalar qabul qilgan, muqaddam sudlangan.

“U elektrik diplomiga ega bo‘lsa-da, kasbi bo‘yicha bir kun ham ishlamagan. Sobiq erim dangasa edi, kun bo‘yi uxlardi. U qabul qilayotgan narkotiklar miqdori ko‘pligidan doim xavotirda bo‘lardim”, deydi Naima The Mirror nashriga.

Ma'lum bo‘lishicha, ular 2006 yilda tanishib, turmush qurishgan. Ikki yilga yaqin birga yashab, so‘ng ajrashishgan. Ayolning aytishicha, u sobiq eri terrorchiga aylanganini bilmagan.

“Men u haqida o‘sha vaqt u dindor bo‘lmaganini ayta olaman. Ota-onasi Ramazon oyida uni ro‘za tutishga majburlashar edi”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parij shahrida IShID a'zolari tomonidan uyushtirilgan davomli teraktlar natijasida, porlashlar va otishmalar tufayli 129 kishi halok bo‘lgan.

Top