Qarshilik erkak o‘zi ijara turgan uy egasining pullarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi mazkur ishni ko‘rib chiqib, ayblanuvchi Furqat Xo‘jayorovni 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Aytilishicha, u D. Xoliqovaga tegishli uyda ijarada turib kelgan. Bir kuni Xo‘jayorov uy bekasi qayerda pul yashirayotganini ko‘rib, o‘g‘irlik sodir etishga qaror qilgan.
Tungi vaqtda u sandiqdan 1.22 mln so‘m pulni o‘g‘irlab, Samarqandga qochib ketgan. Bir necha kun u yerda turib, so‘ng Qarshiga qaytib kelgan. Ammo u tezda qo‘lga olingan.