18:46 / 19.11.2015
2854

Qirg‘izistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan 1 mlrd dollardan ko‘proq investitsiya tushgan

Qirg‘izistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlaridan 1 mlrd dollardan ko‘proq investitsiya tushgan. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati jurnalistlarga ma'lum qildi.

“Bugungi kunda YeOII davlatlari o‘rtasida qo‘shma korxonalar tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. To‘plangan o‘zaro investitsiyalar hajmi 23,98 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Yevroosiyo taraqqiyot banki ma'lumotlariga ko‘ra, ulardan Armanistonga 2,21 mlrd dollar, Belarusga 7,93 mlrd dollar, Qozog‘istonga 9,33 mlrd dollar, Qirg‘izistonga 1,15 mlrd dollar va Rossiyaga 3,36 mlrd dollar tushgan”, deb aytilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, o‘zaro yetkazib berishlarni oshirish, ishlab chiqaruvchilar uchun tegishli imkoniyatlarni shakllantirish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish lozim.

“Shuningdek, uchinchi davlatlar bozorlariga birgalikda chiqish bo‘yicha mexanizmlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Gap qo‘shma dilerlik va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, mashina-texnik mahsulotlarni sertifikatlashtirish va texnik qo‘llab-quvvatlash markazlari, maxsus qo‘shma savdo kompaniyalari va konsorsiumlari yaratish haqida ketmoqda”, deb qo‘shimcha qilib o‘tildi matbuot xizmatida.

Top