13:01 / 19.11.2015
6131

Qozog‘istonlik deputat Jahon bankidan olingan 40 mln dollar qarz uchun uyalmoqda

18 noyabr kuni Qozog‘iston majilismenlari uch yillik byudjyet loyihasini bir necha kunlik muzokaralardan so‘ng ma'qulladi. KTK telekanalining ma'lum qilishicha, ayrim deputatlar o‘z e'tirozlarini ham bildirib o‘tishdi.

Byudjyetda dollar kursi 300 tanga qilib belgilandi. Ko‘plab xarajatlar qisqartirildi. Ta'kidlanishicha, faqat ijtimoiy ta'minot xarajatlariga tegilmagan.
Ayni paytda, deputatlardan biri hukumatning qarzlari o‘sib borayotganligidan noroziligini bildirdi. Jumladan, o‘tgan hafta Vazirlar Mahkamasi Jahon bankidan 40 mln dollar qarz olgani e'tirozlarga sabab bo‘ldi.

“Biz bu qonun loyihasini qabul qilganimizdan uyatdaman. Do‘stlar, qayerga kelib qoldik? Biz hatto odam o‘zini boqishi uchun belkurak bera olmayapmiz”, - dedi Vladislav Kosarev.

Top