23:21 / 19.11.2015
3880

Rossiya va Fransiyaning bosh shtab rahbarlari IShIDga qarshi kurash masalasini muhokama etishdi

Rossiya va Fransiya bosh shtabi rahbarlari Valeriy Gerasimov va Per de Vile telefon orqali IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash masalalarini muhokama etishdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Ma'lum bo‘lishicha, Suriyada Rossiya va Fransiya qo‘shinlarining muvofiqlashtiruvchi harakatlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan suhbat bir soat davom etgan.

Bosh shtab rahbarlari, shuningdek, mamlakatdagi mavjud vaziyat va terrorchilarga qarshi birgalikda harakat olib borish yuzasidan ham fikr almashishgan.

Top