17:08 / 19.11.2015
4311

Rossiyaning Saratov viloyatida 13 yoshli mast qiz 6 mashina ishtirokidagi YTHni keltirib chiqardi

Rossiyaning Saratov viloyatida joylashgan Balakovo shahrida 13 yoshli qiz mast holda yo‘l-transport hodisasini uyushtirdi. Bu haqda “Vzglyad-info” axborot agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, 19 noyabrga o‘tar kechasi voyaga yetmagan qiz ota-onasiga tegishli VAZ-2114 mashinasiga o‘tirib, boshqaruvni qo‘ldan chiqargan va hovlida qoldirilgan 5ta mashinaga urgan.

VAZ-2112, VAZ-2110, Chevrolet Lacetti, Suzuki, Renault Duster mashinalari zarar ko‘rgan.
Bu ish yuzasidan qizning ota-onasi javobgarlikka tortiladi.

Top