16:48 / 19.11.2015
4521

Rouzi Sharopovani ijtimoiy tarmoqdagi mashhurlik bo‘yicha ortda qoldirdi

Aralash qoidalar bo‘yicha janglarda ishtirok etuvchi Ronda Rouzi o‘z faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgach, uning ijtimoiy tarmoqdagi muxlislari keskin miqdorda oshib ketdi va u internetdagi mashhur sportchi qizlar ro‘yxatidagi yetakchilikni rossiyalik tennischi Mariya Sharopovani ortda qoldirdi.

Independent nashri ma'lumotiga ko‘ra, 27 yoshli sportchining feysbukdagi sahifasiga a'zo bo‘lgan, tvitter hamda instagramda follou qilgan foydalanuvchilar soni 18 158 531 nafarga yetgan. Ayni vaqtda 28 yoshli rossiyalik tennischida bu boradagi ko‘rsatkich 18 074 264 bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Avstraliyaning Melburn shahrida aralash qoidalar bo‘yicha UFC 193 turniri doirasidagi markaziy jangda yengil vazn toifasida UFC chempioni Ronda Rouzi da'vogar Xolli Xolmga qarshi ringga ko‘tarildi va nokautga uchrab mag‘lub bo‘ldi.
Rouzi bu nokautdan so‘ng kasalxonaga yotqizilgan.

Top