11:57 / 19.11.2015
48910

San'atkorlarning “stavkasi” qancha?

“Darakchi” gazetasi taniqli qo‘shiqchi va boshlovchilarning to‘ydagi xizmatlari tantana egalariga necha pulga tushishi haqida material e'lon qildi. Unda ko‘plab san'atkorlarning xizmat haqlari “shartli birliklar”da ko‘rsatildi. Bunday o‘ziga xos tadqiqot natijalari ham nashrning saytidagi ovoz berish, ham nashr xodimlari o‘tkazgan surishtiruv natijalariga ko‘ra e'lon qilindi.

Ma'lum bo‘lishicha, san'atkorlar orasida birinchi o‘rinda Ozodbek Nazarbekov turibdi. Uning “birrov” to‘yda ko‘rinishi 1.2-1.5, “navbatchi”ligi esa 7-10 “shartli birlik” bilan baholangan. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni band qilgan Jahongir Otajonov va Nasiba Abdullayevalarning bu ko‘rsatkichlari esa, muvofiq ravishda, 2-2.5, 1.5 va 4-5, 3.5-4 qilib belgilandi.

Shuningdek, qo‘shiqchilar Botir Qodirov va Sardor Mamadaliyevlarning “stavkalari” ancha balandligi materialdan ma'lum bo‘ldi.

Boshlovchilar ichida esa kuchli uchlikni Dilnoza Kubayeva (1), Dildora Rustamova (0.4) va Davron Kabulovlar (0.4) egalladilar.

Shuningdek, to‘ylardagi navbatchiliklarni hozir asosan 3 yoki 4 nafar yigit-qizlardan iborat guruhlar olib borayotgani va ularning belgilangan qiymatlari hamyonbopligi aytildi. Ko‘pincha taniqli xonandalardan ko‘ra yoshlardan iborat yangi guruhlarga murojaat qilish to‘y egalariga osonroq bo‘lmoqda.

Guruhlar ichida eng “qimmati” “San'at” guruhi bo‘lib, uning reytingi 1.5 “shartli birlik”ka baholandi. Keyingi “sovrinli” o‘rinlarni “Sharq” (1.2) va “Karavan” (1) guruhlari zabt etdi.

San'atkorlarning “stavkasi” haqidagi to‘liq ma'lumotlarni quyidagi ro‘yxatdan bilib olishingiz mumkin bo‘ladi:

Ozodbek Nazarbekov

Birrov: 1,2—1,5 «shartli birlik»
Navbatchi: 7—10 «shartli birlik»

Jahongir Otajonov

Birrov: 2—2,5 «shartli birlik»
Navbatchi: 4—5 «shartli birlik»

Nasiba Abdullayeva

Birrov: 1,5 «shartli birlik»
Navbatchi: 3,5—4 «shartli birlik»

Shahzoda

Birrov: 1 «shartli birlik»

Rayhon

Birrov: 0,7—0,8 «shartli birlik»

Botir Qodirov

Birrov: 0,6 «shartli birlik»
Navbatchi: 3—5 «shartli birlik»

Sardor Mamadaliyev

Birrov: 0,5—0,8 «shartli birlik»
Navbatchi: 1,5—2 «shartli birlik»

Ulug‘bek Rahmatullayev

Birrov: 0,5—0,6 «shartli birlik»

Mavluda Asalxo‘jayeva

Birrov: 0,6 «shartli birlik»

Munisa Rizayeva

Birrov: 0,7 «shartli birlik»

Bahrom Nazarov

Birrov: 0,3 «shartli birlik»
Navbatchi: 1—3 «shartli birlik»

Manzura

Birrov: 0,4 «shartli birlik»

Shohruhxon

Birrov: 0,4 «shartli birlik»

Jasur Umirov

Birrov: 0,4 «shartli birlik»

Ziyoda

Birrov: 0,45—0,5 «shartli birlik»

Avazbek Olimov

Birrov: 0,1—0,2 «shartli birlik»

Top