09:36 / 19.11.2015
2373

Sarayevoda bosniyalik askarlarni otgan jangari o‘z joniga qasd qildi

Bosniya va Gertsogovinya poytaxti Sarayevo shahri yaqinida 2 askarni otgan jangari aksilterror amaliyoti vaqtida halok bo‘lgan.

N1 telekanali ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari Dragan Mektich ushbu jangari o‘z joniga qasd qilganini tasdiqlagan. Bosniya va Gertsogovinya IIV rahbari Dragan Lukach esa bu hodisa bo‘yicha tekshiruvlar davom ettirilishi, uni terakt deb atashga hali erta ekani haqida aytgan.

Biroz oldinroq, hukumat bu voqea munosabati bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgani haqida ma'lumot berilgandi. Voqea ro‘y bergan hudud o‘rab olingan.

Avtomat bilan qurollangan shaxs hujumi natijasida Bosniya va Gertsogovina armiyasining 2 nafar askari halok bo‘lgan. Noma'lum shaxs Sarayevo yaqinidagi klubda o‘t ochgan va 2 askarni o‘ldirgan, yaqin atrofdagi avtobusni o‘qqa tutishi tufayli esa yana bir askar jarohatlangan.

Top