18:12 / 19.11.2015
2755

Tehron AQSh va YeI 2016 yil boshiga sanksiyalarni olishiga ishonchi komilligini aytdi

Tehron AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan Eronga kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar 2016 yil yanvari boshiga olinishiga ishonchi komilligini aytdi, deb xabar bermoqda Eron sanoat, konlar va savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Mo‘jtob Xusravtojga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz dekabrda, maksimum yanvar boshida to‘siqlar olinishini kutmoqdamiz. Biz sanksiyalar ham YeI, ham AQSh tomonidan olinishini kutmoqdamiz”, deb aytdi Xusravtoj.

Xusravtojning fikricha, Eron “xalqaro bozorlarda ishlash uchun maqbul vaziyatga ega bo‘lishi mumkin”. “Asosiy masala – ko‘p qiyinchiliklar yaratgan bank sanksiyalari, yanvarda ular boshqa bo‘lmaydi”, deb ta'kidlab o‘tdi Xusravtoj.

Top