16:29 / 20.11.2015
3601

19 yillik sinovlardan so‘ng AQShda birinchi gen modifikatsiyasidan o‘tgan jonivorga ruxsat berildi

AQShning oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish bo‘yicha boshqarmasi (FDA) gen modifikatsiyasidan o‘tgan Atlantika lososining sotilishiga ruxsat berdi. Bu haqda agentlik chop etgan matbuot xabarnomasida aytildi.

Murojaatnoma 1996 yili kiritilgan edi va endigina qondirildi. AquAdvantage AQSh hududida iste'moliga ruxsat berilgan birinchi gen modifikatsiyasidan o‘tgan jonivor bo‘ldi.

Top