09:37 / 20.11.2015
3210

BMT: Markaziy Osiyo giyohvand moddalarni boshqa mamlakatlarga tranzit qilish bo‘yicha uchinchi o‘rinda

Markaziy Osiyo giyohvand moddalarni boshqa mamlakatlarga tranzit qilish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda BMT o‘tkazgan matbuot anjumanida xabar qilindi.

BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Qirg‘iziston dasturiy ofisi rahbari Aleksandr Fedulovning so‘zlariga qaraganda, mintaqada giyohvand moddalarni yetkazib beruvchi asosiy davlat Afg‘onistondir.

“Narkotiklarning 40 foizi Pokistonga ketadi, 30 foizi Bolqon yo‘nalishi bo‘ylab olib o‘tiladi, 30 foizi shimoliy yo‘nalishda Qozog‘iston va Rossiya tomon ketadi. Markaziy Osiyo giyohvand moddalarni o‘tkazish bo‘yicha uchinchi o‘rinda. Qirg‘izistonga bu hajmning 5 foizi to‘g‘ri keladi”, - dedi Fedulov.

Top