19:56 / 20.11.2015
4505

Rossiyaning Kaspiy floti terrorchilarning pozitsiyalariga 18 ta qanotli raketa uchirdi

Rossiyaning Kaspiy floti kemalari Suriyadagi terrorchilar pozitsiyalariga qarata qanotli raketalar uchirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“20 noyabrda Kaspiy floti kemalari Raqqa. Idlib va Halab viloyatlaridagi 7 ta nishonga 18 ta qanotli raketa uchirdi. Barcha nishonlar yo‘q qilindi”, deb aytdi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga.

Putin harbiylarning hisobotlarini eshita turib, Suriyadagi bombardimonlar yaxshi ketayotgani, biroq bular “Rossiyani turli teraktlardan himoya qilish” uchun kamligini aytib o‘tdi.

Top