Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 20 noyabr kuni O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.
3 dekabr kuni Senatning yalpi majlisi chaqiriladi>>
2015 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston TIVda Rossiya elchisi bilan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi>>
2015 yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda kuchsiz zilzila qayd etildi>>
20 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 10:45da O‘zbekiston hududid
OAV: uyali aloqa qachon yaxshi ishlaydi?>>
Oxirgi paytlarda O‘zbekistonning turli hududlarda uyali aloqa sifatining tushib ketganligi qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.
«Ochiq xat» kitobi «Yilning eng yaxshi kitobi» tanlovi g‘olibi bo‘ldi>>
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ochiq xat» kitobi «Yilning eng yaxshi kitobi» tanlovida g‘olib bo‘ldi.
Sirdaryoda chaqaloqfurushlar qo‘lga olindi>>
Sirdaryodagi shifoxonalardan birida akusherlik lavozimida ishlab kelgan ayol chaqaloq savdosida ayblanib qo‘lga olindi.
Toshkent o‘t o‘chiruvchilari yil davomida 14 marta telefon orqali aldandi>>
2015 yil davomida Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi idorasiga yong‘in haqida 14 marta yolg‘on qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Uzreport kanali APL o‘yinlarini translyatsiya qilishni boshlamoqda>>
Uzreport kanali O‘zbekiston hududida Angliya premer-ligasi o‘yinlarini namoyish etish huquqini sotib olgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyo uchuvchilari uchun trening markazi tashkil etiladi>>
Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) 2016 yili Toshkentda Markaziy Osiyo fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilari uchun trening markazi yaratishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston tekstilchilari Rossiya armiyasiga kiyim-kechak yetkazib beradi>>
Amin Invest International O‘zbekiston-Angliya-Rossiya qo‘shma korxonasi joriy yilda Rossiya armiyasiga bir necha turdagi kiyim-kechak yetkazib berishni boshlaydi.