16:59 / 20.11.2015
15427

Londonda 2015 yilning tabiat manzaralari aks etgan eng yaxshi fotosuratlari tanlandi

Shu yilning boshida Buyuk Britaniyada bosma nashrlar xodimlariga mo‘ljallangan The Royal Society Publishing photography competition tanlovi e'lon qilingan edi. Ular tabiat manzaralari aks etgan fotosuratlari bilan bu tanlovda ishtirok etishlari mumkin edi. Tanlovga professional suratkashlar, biologlar olimlarning ko‘plab fotosuratlari keldi. Yil oxirida hakamlar hay'ati 10ta eng yaxshi ishni tanlab oldi.


1. Birinchi surat germaniyalik fotograf Klaudiya Pogoreutsga tegishli bo‘lib, unda o‘z atrofida mayda baliqlardan yo‘lka hosil qilgan holda suzayotgan rif nahangini ko‘rishimiz mumkin. Bu nahanglar soatlab mana shunday sokin suzib, baliqlarning hushyorligini chalg‘itishi mumkin, so‘ng ular to‘satdan hujum qilib, o‘ljaga ega bo‘ladi.


2. Keyingi surat britaniyalik Ulrik Bauer tomonidan olingan. Unda Salvinia Molesta o‘simligi (qirqquloq) qayd qilingan. Qirqquloqning bu turi tuksimon yuzasi tufayli suvni bir joyga to‘play oladi.


3. Germaniyalik fotograf Marta Robbinsning ushbu o‘ziga xos ishida gorillalarning oilaviy turmush tarzi aks etgan.


4. Bu esa Colpophyllia g‘ayritabiiy marjoni bo‘lib, uning tashqi yuzasidagi burmalar inson miyasini eslatib yuboradi. Foto amerikalik Evan D’Alessandro tomonidan olingan.


5. O‘yga tolgan babuin hakamlarga juda yoqdi, shu bois suratning JARda istiqomat qiluvchi muallifi David Gaglio mukofotsiz qolmadi.


6. “Baliq biti” nomi bilan mashhur Argulus foliaceus parazitining makrosurati. Bu mikroskopik qisqichbaqa baliq terisini teshib o‘tib, ularning qonini so‘radi, bunda zaharli shira ajratadi. Muallif – Buyuk Britaniya fuqarosi Stiv Gshmeyssner.


7. Italiyalik Fabio Pupin asari. Qum ichida yashiringan Afrika mitti iloni.


8. Yana bir italiyalik suratkash Lyuk Antonio Marino esa kaputsin ulkan tosh yordamida palma yong‘og‘ini yorishga urinayotganini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.


9. Xose Xuan Ernandes Martines bu surati uchun maxsus sovringa ega bo‘ldi. Chlamydotis undulata nomli bu qushchani ulkan tezligi bois suratga olishning deyarli iloji yo‘q. Shu bois bir qarashda sifatsiz bo‘lgan bu surat ham mukofotga ega bo‘ldi.


10. Asosiy sovrin esa kichikroq hovuz tubidan qilingan ushbu suratga berildi. Unda ko‘plab itbaliqlar qayd qilindi. Surat muallifi belgiyalik Bert Villayertdir.

Top