20:20 / 20.11.2015
2932

Malidagi hujumni “Al Qoida”ga yaqin bo‘lgan terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi

Malining Radisson Blu mehmonxonasiga bo‘lgan hujumni “Al Qoida” terrorchilik tashkilotiga aloqasi bor “Al Murabitun” guruhi o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Jangarilar ushbu bildirishnomani o‘z tvitterlarida e'lon qilishgan.
Ayni damda bo‘lib o‘tgan voqeaga ularning aloqasi bor-yo‘qligi tekshirilmoqda.
Avvalroq AQSh ushbu mehmonxonadan olti nafar o‘z fuqarosini ozod etgani to‘g‘risida axborot berilgan edi.

Top