19:28 / 20.11.2015
3362

Malidagi mehmonxonani garovga olgan jangarilar ingliz tilida gaplashishgan

Mali poytaxti Bamako shahridagi Radisson Blu mehmonxonasini garovga olgan jangarilar qo‘lidan ozod qilinganlarning biri ma'lum qilishicha, u jangarilar o‘zaro ingliz tilida gaplashishganini eshitgan.

U Reyter agentligi jurnalistiga o‘zining Mali politsiyasi tomonidan qutqarib olingani haqida aytgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Mali poytaxti Bamako shahridagi Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga o‘nlab jangarilar bostirib kirdi va 170 kishini asirga oldi. Bosqindan oldin yuz bergan portlash va otishma vaqtida 9 kishi halok bo‘lgan.

Qutqaruv amaliyotlariga Fransiya jandermeriyasining 40 nafar jangchisi jalb qilingan. Shuningdek, mehmonxonani jangarilardan ozod qilish amaliyotida amerikalik harbiylar hamda BMTning tinchlikparvar kuchlar korpusi xodimlari ishtirok etmoqda.

Top