16:48 / 20.11.2015
6747

O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari eksportni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari eksportni yo‘lga qo‘ymoqda. Aytilishicha, Toshkentda o‘tgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birja chog‘ida “O‘zbekengilsanoat” korxonalari tomonidan umumiy qiymati 1 mlrd dollar bo‘lgan 30dan ortiq eksport shartnomalari imzolandi, deb xabar berdi Review.uz nashri.
O‘zbekistonning eng yirik sanoat forumlaridan birida mamlakatning 130dan ortiq tekstil va trikotaj korxonalari vakillari ishtirok etgan edi. Ular o‘z mahsulotlaridan ekspozitsiyalarni mahalliy va xorijiy xaridorlarga namoyish qilib, bir qancha shartnomalar imzolashga muvaffaq bo‘ldi, deyiladi “O‘zbekengilsanoat” tarqatgan xabarnomada.
Shuningdek, 120 mlrd so‘mlik ichki shartnomalar ham imzolandi.

Top