16:40 / 20.11.2015
2506

Platini o‘zining futboldan chetlashtirilgani bo‘yicha Sport arbitraj sudiga shikoyat bilan chiqdi

UYeFA prezidenti Mishel Platini FIFA axloq qo‘mitasining 90 kunlik futbol faoliyatidan chetlashtirishi bo‘yicha chiqargan qarori ustidan Sport arbitraj sudiga shikoyat xati yozdi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, Platini shikoyat xati orqali kelgusi yilning 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi uchun saylovlarda o‘z nomzodi bilan ishtirok etish huquqini qaytarib olmoqchi.

Oldinroq, FIFA apellyatsiya komissiyasi Platini, shuningdek FIFA prezidenti Yozef Blatterning shikoyatini o‘rinsiz deb inobatga olmagandi.

Top