16:08 / 20.11.2015
2205

Rim papasi Poroshenkoning Ukrainaga tashrif buyurish taklifini qabul qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rim papasi Frantsiskni Ukrainaga tashrif buyurishni taklif qildi va pontifik bu taklifni qabul qildi. Bu haqda Ukraina yetakchisi 20 noyabrda Rimda papa bilan uchrashgandan keyin feysbukda yozdi.

Poroshenko, shuningdek, Rim papasidan mitropolit Andrey Sheptitskiyni beatifikatsiya qilish (kanonizatsiya oldidan avliyolar qatoriga qo‘shish) va papaning Argentinadagi diniy rahnamosi bo‘lgan yepiskop Stepan Chmilga nisbatan bu jarayonni boshlash haqida iltimos qildi.

Poroshenko bu uchrashuvni juda ta'sirchan deb atadi. “Pontifik menga hech qachon Ukraina haqida unutmasligi va bizning davlatda tinchlik bo‘lishiga ibodat qilishini aytdi”, deb ta'kidlab o‘tdi Ukraina prezidenti.

Top