17:19 / 20.11.2015
3292

Samsung yorug‘lik kam bo‘lgan joyda ham sifatli suratlar olish texnologiyasini yaratdi

Samsung kompaniyasi 2015 Investors Forum’da yangi BRITECELL texnologiyasini namoyish qildi. Bu texnologiya yordamida yetarli bo‘lmagan yorug‘likda ham sifatli suratlarni olish mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, BRITECELL kompaniyaning yangi flagman smartfoni Galaxy S7’da o‘rnatiladi.

Samsung’ning ma'lum qilishicha, yangi texnologiyada 1,12 mkm diametrli pikselga ega surat sifatini beradigan 1 mkm pikseldan foydalaniladi. Kamera modulining balandligi 17 foizga (6 mm.dan 5 mm.ga) qisqaradi. Bu kameraning smartfon korpusidan deyarli bo‘rtib chiqmasligiga imkon yaratadi.

Ma'lumot uchun, kompaniya o‘zining Galaxy 7 smartfonini 2016 yilning fevralida taqdim qilishni rejalashtirgan.

Top