17:12 / 20.11.2015
5182

Sardor Rashidov Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlarning oxirgi ro‘yxatiga kirmadi

29 noyabr kuni Hindistonning New-Dehli shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi yilning eng yaxshilarini aniqlaydi.

OFK eng yaxshilarni aniqlash uchun dastlabki 10 nafar nomzodni e'lon qilgan edi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Sardor Rashidov nomi ham qayd etilgan edi.

OFK endi so‘nggi kurash uchun uch nomzodni tanlab oldi. Bu ro‘yxatda Sardor Rashidov nomi yo‘q.

Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Xitoydan Jyeng Ji, BAAdan Umar Abdulrahmon va Ahmad Xalil nomzodlari qolgan.

Biroz oldinroq, sekin-asta “Al Jayish” safida yetakchilardan biriga aylanib borayotgan mahoratli futbolchi 2015 yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi.

Top