13:56 / 20.11.2015
6643

Sirdaryoda chaqaloqfurushlar qo‘lga olindi

Sirdaryodagi shifoxonalardan birida akusherlik lavozimida ishlab kelgan ayol chaqaloq savdosida ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, jizzaxlik Halima ismli ayol Toshkentga ko‘chib kelib, bu yerda Nizom ismli erkak bilan tanishgan. Bir muddatdan so‘ng ayol homilador bo‘lib qolgan, lekin Nizom bolaga g‘amxo‘rlik qilishdan voz kechgan.
Shunda ayol bolasini oldirib tashlashni ko‘zlab, qo‘shnisi Malikadan maslahat so‘ragan. Malika esa, o‘z navbatida, uni sirdaryolik shifokor Mastura Abdukarimovna bilan uni tanishtirib qo‘ygan. Akusher Halimaga bolasini olib tashlashi mumkinligini, bunga 300 dollar talab qilinishini aytgan. Mijozining puli yo‘qligini bilgach, unga tug‘ilajak farzandni sotishni taklif qilgan. Ona ham rozi bo‘lgan.

Tez orada mijoz ham topilgan. Mastura Abdukarimovna bolaga ming dollar narx belgilagan. Lekin bu ish rasmiylashtirilmasligini bilgan mijoz bolani sotib olishdan voz kechgan.
Bu orada akusherning xatti-harakatlari tegishli tashkilotlarning qiziqishini uyg‘otgan. Ular ikki xodimini Abdukarimovnaning oldiga mijozlar sifatida yuborib, 1 100 dollarga kelishishgan.
Shifokor jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Top