14:58 / 20.11.2015
2551

Square to‘lov tizimi Twitter asoschisini 1 mlrd dollarga boyitdi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i asoschisi hamda bosh direktori Jyek Dorsiga tegishli bo‘lgan Square kompaniyasi IPO’ga chiqqanidan so‘ng uning boyligi 950 mln dollarga oshdi, deb yozmoqda Fortune nashri.

Square to‘lov servisi 19 noyarb kuni aksiyalarni ommaviy joylashni o‘tkazdi. Dastlab ular 9 dollardan sotildi. Savdo vaqtida ular yana taxminan 50 foizga qimmatlashdi.

Hozirgi vaqtdi Jyek Dorsi Square’ning 71 mln aksiyasiga egalik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Square to‘lov tizimi Jyek Dorsi hamda Jim MakKelvi tomonidan 2009 yilda tashkil qilingan. 

Top