Braziliyalik sobiq darvozabon Klaudio Taffarel "Galatasaroy" jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi shaxs sifatida ishlashni boshlaydi.
49 yoshli mutaxassis 21 noyabr kuni "Antalyaspor" jamoasiga qarshi o‘yinda yangi vazifasiga kirishadi.
U biroz oldin iste'fo bergan Hamza Hamzao‘gluning o‘rnini egallaydi.
Ma'lumot uchun, Taffarel 1998 yildan 2001 yilgacha "Galatasaroy" tarkibida o‘ynagan, 2011 yildan buyon jamoada darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi.