08:18 / 20.11.2015
4428

Yatsenyuk Ukrainaning Rossiyaga 3 mlrd dollarlik qarzini to‘lashdan bosh tortishi mumkinligini ma'lum qildi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Ukrainaning “UA: Pervyy” telekanaliga bergan intervyusida Kiyev Rossiyaga boshqa kreditorlarga takliflardan o‘zgacha shartlar taqdim qilmasligini ma'lum qildi.

“Asosiy shart – qarzning 20 foizga kamaytirilishi, barcha qarzlarni 4 yilga o‘tkazish”, deb aytdi Yatsenyuk. Yatsenyuk agar Rossiya bunga rozi bo‘lmasa, unda Ukraina “tajovuzkor davlatga” qarzni to‘lashga taqiqlov qo‘yishi mumkinligini aytdi.

Ukraina bosh vaziri mamlakatning rasmiy vakillaridan eng birinchi bo‘lib Moskvaning qarzni uzishni surish shartlari bo‘yicha taklifiga javob berdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida Ukrainaning 3 mlrd dollarlik qarzini 3 yil davomida 1 mlrd dollardan Rossiyaga to‘lashga ruxsat berish bilan restrukturizatsiya qilishni taklif qilgan edi.

Top