22:44 / 21.11.2015
5273

“Guanchjou Evergrand” - Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi!

Bugun Xitoyning Guanchjou shahrida Osiyo Chempionlar ligasi finalining javob bahsi o‘tkazildi. Unda “Guanchjou Evergrand” BAAning “Al Ahli” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Anchagina qiziqarli ko‘rinish olgan o‘yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib bordi. Har ikki klub ham g‘oliblik uchun astoydil kurash olib borishdi.

O‘z muxlislari qarshisida to‘p surgan “Guanchjou” 54-daqiqada Elkeson tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi va Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi.

OChL-2015, Final. Javob uchrashuvi, 21.11.2015
"Guanchjou Evergrand" (Xitoy) - "Al Ahli" (BAA) - 1 : 0
Stadion: "Tianhe Stadium" (Guanchjou, Xitoy)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (O‘zbekiston), Jahongir Saidov (O‘zbekiston).
To‘rtinchi hakam: Valentin Kovalenko (O‘zbekiston)
Gol: Elkeson (54)

Guanchjou Evergrand: Jyeng Cheng (Li Shuai - 35), Jang Linpeng, Feng Ksiaoting, Kim Yang Gvon, Zu Jyeng, Jyeng Ji, Paulino, Xuang Boven, Rikardo Gulart (Gao Lin - 90+1), Jyeng Long, Elkeson.

Zaxira: Mey Fang, Li Ksyupeng, Liu Jian, Yu Xanchao, Rong Xao.
Al Ahli: Ahmad Maxmud, Volid Abbos, Salmin Xamis, Kvon Kyung Von, Abdulaziz Sanqur, Majid Hasan (Muhammad Sebil - 90+3), Habib Al Fardan, Everton Ribeyro, Ismoil Al Hammadi, Ahmad Xalil (Ossama Asaidi - 62), Rodrigo Lima.
Zaxira: Hasan Abdulrahmon, Majid Nosir, Volid Husayn, Navaf Muborak, Humaid Abdulla.

Ogohlantirishlar: Zu Jyeng (72), Xuang Boven (75) - Majid Hasan (10).
Chetlatish: Salmin Xamis (66)

Manba: Sports.uz

Top