17:55 / 21.11.2015
5727

“Real” – “Barselona”: Futbol ummonida “muzqoyalar to‘qnashuvi”

Bugun barcha futbol ishqibozlari e'tibori Ispaniya chempionati 12–tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “El-klasiko” uchrashuviga qaratilgan. Har ikki klub tomonidan tarqatilgan ma'lumotlarga ko‘ra, jarohat sabab davolanayotgan “Barselona” hujumchisi Messi hamda Fransiya termasidagi jamoadoshi Mate Velbuena bog‘liq mojarolarda ayblangan madridliklar futbolchisi Karim Benzemani maydonga qaytishi kutilyapti.

O‘tkazilgan 11 turdan so‘ng “Barselona” o‘zining asosiy raqobatchisidan uch ochko ko‘p yiqqan holda chempionat yetakchisi bo‘lib turibdi. Rafael Benites shogirdlari o‘tgan turda “Sevilya”dan 2:3 hisobida chempionatdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilgach, kataloniyaliklarni bir pog‘ona oldinga o‘tkazib yubordilar. “Barselona” bilan bo‘lib o‘tadigan “klasiko” joriy yozda jamoani qabul qilib olgan murabbiy uchun haqiqiy sinov bo‘ladi.

Luis Enrike shogirdlari chempionat davomida ikki marta mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, raqiblar ustidan qozonilgan to‘qqiz g‘alaba ularni jadval cho‘qqisiga olib chiqqan. “Barsa” so‘ngi to‘rt turning barchasida 13 bora to‘p kiritib g‘alaba qozondi. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, o‘tgan yilgi chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionati g‘oliblari oxirgi besh o‘yinni “Las-Palmas” bilan bo‘lgan bahsda jarohat olgan Loye Messisiz o‘tkazdilar. Messi esa “klasiko”ga katta e'tibor bilan tayyorgarlik ko‘rish uchun Braziliya termasining Kolumbiya bilan bo‘lib o‘tgan 2018-yilgi jahon chempionati saralash uchrashuvini ham o‘tkzib yubordi.

Madridda bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan Luis Enrike muxlislar yoqimtoyi -Messining asosiy tarkibda tushishiga kafolat bermagan. Argentinalik futbolchi 26 sentabrdan beri o‘ynamaganligi bois ideal sport formasida emasdek... Lekin, Messini “yomon o‘ynashni bilmaydigan futbolchi” deyishadi. Uning yo‘qligida ikki jamoadoshi – Neymar va Luis Suareslar o‘zlarini ko‘rsatishdi. Agar bugun o‘yinga tushib gol ursa “klasiko” tarixidagi eng zo‘r to‘purar “Real” afsonasi Alfredo di Stefanodan o‘tib ketadi. Hozirda, ularning har ikkisi hisobida “Real” va “Barselona” qarama-qarshiligidagi 14tadan gol bor. “Barselona”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitich sog‘ligi ham tiklangan

“Real”da ham jarohat olgan futbolchilar birin-ketin safga qaytmoqda. Asosiy darvazobon Keylor Navas “Barselona” qarshi o‘ynashi kutilishi bilan birgalikda Marselo va Serxio Navas ham ishqibozlarni xursand qilib maydonga tushishi mumkin. To‘rt o‘yinni o‘tkazib yuborgan Benzemaning bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng ruhiy holati qay darajada ekanligini bilmasakda, Karimning maydonga tushishi uchrashuvni bezashi turgan gap.

Bugungi “klasiko” “Real”ning 43 bosh murabbiyi Benites uchun debyut “klasiko” bahsi bo‘ladi. Shu paytgacha Madridda 85 bor bo‘lib o‘tgan “klasiko”larda “Real” 52 marta g‘alaba qozonib, 18 marta mag‘lubiyatga uchragan. Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Barsa” darvozasiga 7 ta gol kiritgan. Qizig‘i, Ronaldu Ispaniya chempionatlarida “Barselona”ning ilgari “Real Soseded” sarhadlarini qo‘riqlagan chililik golkiperi Klaudio Bravo darvozasiga 8 marta gol urgan.

Bu o‘yinn oldidan qilinadigan barcha taxminlar bekor ... Chunki, bugun dunyo yulduzlari yig‘ilgan ikki buyuk jamoa ishqibozlar uchun ajoyib o‘yin namoyishi uchun maydonga tushadi.

Tarixga nazar: Suratda: 1929 yildagi ilk “Real” – “Barselona” bahsi

Muallif: Elmurod Ermatov

Top