00:13 / 21.11.2015
4771

Apple do‘konlarida stiluslar o‘g‘irlab ketilmoqda

Apple do‘konlari oxirgi kunlarda o‘g‘irliklarga uchramoqda. O‘g‘riliklarning bosh obekti hozirda kompaniya tomonidan chiqariladigan eng defitsit aksessuar – stilus (ruchka ko‘rinishidagi qurilma) bo‘lmoqda.

Gap yaqinda sotuvga chiqqan iPad Pro plansheti bilan ishlashga mo‘ljallangan Apple Pencil elektron stilusi haqida ketmoqda. Aksessuar 99 dollar turadi, biroq sotuvga chiqarilgandan keyin defitsit bo‘lib qoldi. Do‘konlar ushbu qurilmadan kam miqdorda olmoqdalar va ular olinishi bilanoq darrov sotilib ketmoqda.

Ehtimol shuning uchun kompaniya rasmiy do‘konlarida namoyish uchun qo‘yilgan stilus qo‘li egri tashrifchilarni o‘ziga jalb qilayotgan bo‘lishi mumkin. Stilus gadjyetlar turgan stollarga mahkamlanmagan, chunki bu uning imkoniyatlarini namoyish qilishni qiyinlashtirgan bo‘lardi.

O‘g‘irliklar haqida Twitter va Reddit foydalanuvchilari yozishmoqda va ular do‘kon xodimlari “qalamlar” haqida hech ham qayg‘urmayotganlarini ta'kidlamoqdalar. Do‘konga kelganlar ko‘pincha plashnet va stilus bilan nazoratsiz qoldiriladilar va aksariyat hollarda ularga stilusni cho‘ntakka solib, olib chiqib ketishlariga hech kim to‘sqinlik qilmaydi.

Top