23:25 / 21.11.2015
2522

Arsen Venger: “Arsenal” “Vest Bromvich”ga o‘ziga juda ishongani sababli yutqazgan bo‘lishi mumkin

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi, fransiyalik mutaxassis Arsen Venger Angliya chempionatining 13-turida o‘tkazilgan “Vest Bromvich” -“Arsenal” uchrashuvi haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi. “Kanonirlar” 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va chempionat peshqadamiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy berishdi.

“Biz barcha kuchimizni berdik va final hushtagi yangraguncha kurashdik. Ehtimol, biz o‘zimizga juda ishonib yuborgan bo‘lishimiz mumkin. Umuman olganda, bugun bizning kunimiz emas ekan: avtogol, amalga oshirilmagan penalti, qo‘ldan chiqarilgan ko‘plab yaxshi imkoniyatlar. Bunday omadsizliklar odamni juda o‘ksitadi”, deb aytdi Venger.

Top