09:25 / 21.11.2015
4290

BMT Fransiyaning IShIDga qarshi kurashni muvofiqlashtirish bo‘yicha rezolyutsiyasini qabul qildi

BMT Xavfsizlik kengashi Fransiya tomonidan tayyorlangan, Suriya va Iroqdagi IShID jangarilariga, hamda dunyodagi boshqa ekstremistik kuchlarga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiya yangi teraktlarning oldini olishga qaratilgan, deyiladi Assoshieyted Press nashri xabarida.

"IShID butun dunyo tinchligi va xavfsizligiga misli ko‘rilmagan darajada ulkan xavf solmoqda", deya qayd etilgan mazkur rezolyutsiyada.
Hujjatda shuningdek, "bu misli ko‘rilmagan darajadagi xavfga qarshi barcha vositalar bilan kurashish" zarurligi bayon etilgan.

Qayd etilishicha, bu BMT tomonidan 1999 yildan buyon terrorizmga qarshi tuzilgan rezolyutsiyalarning 14-sini qabul qilishi bo‘ldi.
Fransiya tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiyani kengashning barcha 15 vakili ma'qullagan.

Top