20:38 / 21.11.2015
3443

Eldar Ryazanov shifoxonaga yotqazildi

Rossiyalik rejissyor va Sobiq ittifoq xalq artisti Eldar Ryazanov Moskva shifoxonalaridan biriga yotqazildi, deb ma'lum qildi uning oilasi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“Eldar Aleksandrovichning ahvoli bir qator hayot ko‘rsatkichlari bo‘yicha yomonlashdi. Zaiflik kuchayib bormoqda. Tahlillar yaxshi chiqmagan. Biz bugun uni tekshiruvdan o‘tkazish va malakali shifokorlik ko‘magi ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqazishga qaror qildik. Uni markaziy shifoxonalardan biriga olib boramiz”, deb aytishdi rejissyor oila a'zolari.

Rejissyor avvalroq ham shifoxonaga yotqazilgan edi, jumladan avgust oyida unda qon tomirlarini tozalash amaliyoti o‘tkazilgan.

Top