20:43 / 21.11.2015
6259

Germaniya janubidagi turar-joy binosidagi portlash sababli 4 kishi halok bo‘ldi

Germaniya janubidagi turar-joy binosidagi kvartiralardan birida portlash sodir bo‘lishi sababli 4 kishi, jumladan 2 bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Welt nashri.

Ta'kidlanishicha, portlash Karlsrue shahridagi 8 kvartirali uyning 2-qavatida yuz bergan. Uyda yashaydigan qolgan odamlarga ziyon yetmagan.
Politsiyaga hozircha voqea sabablari noma'lumligicha qolmoqda. Shuningdek, tergov halok bo‘lganlar bir oilaga mansub bo‘lgani haqidagi ma'lumotga ham ega emas.

Top