17:05 / 21.11.2015
3833

Huquq-tartibot organlari tomonidan qariyb 2 mlrd so‘mlik kontrafakt mahsulotlari musodara qilindi

2015 yilning 9 oyi mobaynida kontrafakt mahsulotlarning umumiy qiymati 1 841 786 500 so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Toshkentda "Mualliflik huquqi sohasida zamonaviy tendensiyalar hamda kontrafaktaga qarshi kurash" mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro seminarda ma'lum qilindi.

Respublika hududlarida intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo‘yicha aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari va shoxobchalarda kontrafakt fonogramma va audiovizual mahsulotlar savdosi amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring ishlari amalga oshirildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha jami 624ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Shuningdek, Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Davlat soliq idoralariga 178 699 ta audiovizual mahsulotlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar bo‘yicha 170 ta ekspert xulosalari berildi, deb yozadi ima.uz.

Top