Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 21 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.
Parij jome masjidida tashkillashtirilgan ommaviy yig‘in bekor qilindi>>
Fransiya musulmonlari 13 noyabr kuni Parij teraktida halok bo‘lganlarni juma namozida yodga olishdi.
Internetda Rossiyaning Kaspiy floti IShID pozitsiyalariga raketalar otgani videosi joylashtirildi>>
Rossiya Mudofaa vazirligi YouTube’dagi kanalida Kaspiy dengizidan rus kemalaridan “Kalibr-NK” qanotli raketalari otilgani tasvirlangan videoni chop etdi.
Qozog‘iston IIVda WhatsApp’da tarqalgan teraktlar haqidagi xabar yolg‘on ekanligi aytildi>>
Sheremetevodagi kurd qochqinlari oilasi muhojirlar uchun markazga jo‘natildi>>
Sheremetevo aeroportining tranzit hududida sentabrdan beri yashayotgan suriyalik kurd qochqinlari oilasi Rossiya Federal migratsiya xizmatining vaqtinchalik joylashtiruv markaziga yuborildi.
Malidagi mehmonxonada garovga olinganlar orasida AQSh elchisi ham bo‘lgan>>
AQShning Malidagi elchisi Pol Folmsbi terrorchilar tomonidan garovga olinganlar orasida bo‘lgani ma'lum qilindi.
Belgiya poytaxtida terakt xavfining eng yuqori darajasi e'lon qilindi>>
Belgiya hukumati mamlakat poytaxti Bryussel shahrida terakt sodir etilishining yuqori darajali ehtimolidan ogohlantirdi.
Reuters: Rossiya Livanni uch kunlik harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazishi haqida ogohlantirdi>>
Rossiya Livan hukumatini Livan fuqarolik aviatsiyasi parvozlariga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan uch kunlik harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirayotganidan ogohlantirdi.
Manba: dengiz ustidagi Livan havo koridorlari fuqarolik aviatsiyasi uchun yopildi>>
Livanda fuqarolik samolyotlari uchun mo‘ljallangan barcha havo koridorlari Moskvaning O‘rta Yer dengizida harbiy-dengiz mashg‘ulotlari boshlashi haqidagi ogohlantirishi tufayli uch kunga yopib qo‘yildi.
Xitoyda kon shaxtasida yong‘in yuz berishi tufayli 22 kishi yer ostida qolmoqda>>
Xitoy shimoli-sharqidagi ko‘mir shaxtasida yong‘in ro‘y berdi va 22 konchi yer ostida qolib ketdi.
WSJ: AQSh Parij teraktlari tufayli internet foydalanuvchilarining himoyalangan yozishmalarini o‘qishni istamoqda>>
Oq uy va AQSh kongressi a'zolari Vashingtonga Apple, Google va Microsoft kompaniyalari vakillarini chaqirib, ulardan dasturlarning foydalanuvchilariga oid himoyalangan yozishmalarni o‘qish imkoniyatini taqdim qilishni so‘ramoqchi.
Malida 3 kunlik motam e'lon qilindi>>
Malida 3 kunlik motam va 10 kunlik favqulodda rejim holati amalda bo‘lishi e'lon qilindi.
AQShda arab tilida gaplashgani uchun ikki yo‘lovchi samolyotga chiqarilmadi>>
AQShda Chikagodan Filadefiyaga uchmoqchi bo‘lgan ikki yo‘lovchi o‘z reyslaridan qolib ketishdi. Bunga ularning o‘zaro arab tilida gaplashishgani sabab bo‘ldi.
OAV: Xitoydagi konda chiqqan yong‘in oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi>>
Shimoli-sharqiy Xitoyning Xeyluntszyan viloyatidagi ko‘mir konida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 21 nafar konchi halok bo‘ldi.
Qirg‘iziston FVV qoshida zilzila talafotlarining oldini olish maqsadida maxsus hisob raqam ochildi>>
Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyevning ko‘rsatmasiga muvofiq O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun mamlakat faqulodda vaziyatlar vazirligining janubiy markazi qoshida maxsus hisob raqami ochildi.
Chexiya Iroqqa 50 tonna granata va pulemyotlarni harbiy yordam sifatida jo‘natadi>>
Chexiya hukumati Iroqqa harbiy yordam sifatida jami 50 tonna miqdoridagi granata va pulemyotlar jo‘natadi.
Eron yarim yil davomida kuniga 1 mln barrel neft ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi>>
Eron neft ishlab chiqarish hajmini oshirmoqchi. RIA Novosti nashrida yozilishicha, keyingi 5-6 oyda kuniga 1 million barrel neft ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Belgiyada terrorchilik xavfi darajasi yuqoriligi bois metro yopib qo‘yildi>>
Belgiya poytaxtida hukumat tomonidan terrorchilik xavfi darajasi yuqori deb e'lon qilinganidan so‘ng metro yopib qo‘yildi.
Qirg‘iziston bosh vaziri mamlakatdagi barcha maktablarda videokuzatuv nazorati o‘rnatishga ko‘rsatma berdi>>
“Tuman akimlari (hokimlari) va qishloq kengashi rahbarlari maktablarda videokuzatuv nazorati jihozlarini o‘rnatishni moliyalashtirish manbalarini topishlari lozim”, — dedi o‘tkazilgan yig‘ilishda Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev.
Kemeron: BMT Xavfsizlik kengashi qabul qilgan rezolyutsiya butun dunyoni IShIDga qarshi birlashtiradi>>
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyani IShID terrorchilik harakatiga qarshi butun dunyoni birlashtirgan muhim lahzalar, deb atadi.