09:18 / 21.11.2015
3623

Manba: dengiz ustidagi Livan havo koridorlari fuqarolik aviatsiyasi uchun yopildi

Livanda fuqarolik samolyotlari uchun mo‘ljallangan barcha havo koridorlari Moskvaning O‘rta Yer dengizida harbiy-dengiz mashg‘ulotlari boshlashi haqidagi ogohlantirishi tufayli uch kunga yopib qo‘yildi, deb xabar bermoqda Bayrut aeroporti xodimiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Avvalroq Livan transport vaziri Moskva Livan, Kipr va Turkiyani O‘rta Yer dengizida o‘z harbiy-dengiz floti manyovrlarini boshlashi haqida xabardor qilib qo‘yganini, biroq Livan hozircha Moskvaning fuqarolik samolyotlari yo‘nalishlarini o‘zgartirish haqidagi iltimosini boshqa yo‘nalishlar yo‘qligi sababli qondira olmasligini aytgan edi.

Bayrut aeroportida ma'lum qilinishicha, 20 noyabr kechki paytdan 23 noyabr ertalabgacha Livanning uchta havo koridori o‘tuvchi O‘rta Yer dengizi ustidagi havo hududi yopib qo‘yiladi.   

Ta'kidlanishicha, shu munosabat bilan, avval ishlatilmagan, Isroil bilan chegara bo‘ylab ztuvchi bitta koridorni ochishga qaror qilingan.

Aeroportda ta'kidlanishicha, shu sababli ko‘plab reyslar bekor qilinishi yoki ushlanishi mumkinligi kutilmoqda.

Top