11:19 / 21.11.2015
2482

OAV: Xitoydagi konda chiqqan yong‘in oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Shimoli-sharqiy Xitoyning Xeyluntszyan viloyatidagi ko‘mir konida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 21 nafar konchi halok bo‘ldi. Sinxua agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, yana bir kishi izsiz yo‘qolgan.

Fojia Tszisi shahridagi Heilongjiang Longmay Mining Holding Group kompaniyasiga qarashli konda sodir bo‘lgan. O‘sha damda konda 38 nafar konchi bo‘lib, ulardan 16 nafari tashqariga chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma'lum qilishlaricha, ayni damda yong‘inni nazoratga olishga erishilgan. Qutqaruvchilar konda qidiruv ishlarini davom ettirishyapti.

Politsiya voqea sabablarini o‘rganishga kirishgan.

Top