19:11 / 21.11.2015
4861

O‘zbekiston 2016 yilning sentabrigacha temir yo‘lning Andijon liniyasini elektrlashtirish ishlarini yakunlaydi

O‘zbekistonlik temiryo‘lchilar 2016 yilning sentabriga qadar 186 kilometr uzunlikdagi Pop-Qo‘qon-Andijon temir yo‘lining elektrlashtirish ishlarini yakunlashadi.

Bu yo‘l Xitoy-Markaziy Osiyo xalqaro tranzit temir yo‘lining bir qismi bo‘ladi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston 2016 yil martigacha “Angren – Pop” yangi, elektrlashtirilgan temir yo‘lni ishga tushirishga qaror qilgan.

Biroz oldinroq, yangi yilda Andijonda yangi temir yo‘l bekati foydalanishga topshirilishi ma'lum bo‘lgandi.

Top