00:02 / 21.11.2015
4133

Parij jome masjidida tashkillashtirilgan ommaviy yig‘in bekor qilindi

Fransiya musulmonlari 13 noyabr kuni Parij teraktida halok bo‘lganlarni juma namozida yodga olishdi. Qurbonlarni yodga olish xavfsiz sharoit ostida mamlakatning barcha masjidlarida amalga oshirildi. Parij jome masjidi yonida ommaviy yig‘in tadbiri so‘nggi daqiqalarda bekor bo‘ldi. Parij politsiyasi yig‘inni poytaxtdagi hozirgi tarang vaziyatda o‘tkazish xavfsiz emas, deb hisobladi.

"Parij politsiyasi rahbariyati bilan olib borilgan muhokamalarda bunday yig‘inlarning xavfsizligini ta'minlash imkoniyati mavjud emasligi ayon bo‘ldi”, - dedi poytaxt jome masjidi rahbari.

Ushbu yig‘inni juma namozidan so‘ng o‘tkazish taklifini poytaxt jome masjidi imomi Dalil Bubaker ilgari surgandi. Bu yig‘inni poytaxt musulmonlari bilan birga Parij meri Ann Idalgo ham kutgan edi.

Yakunda dindorlar masjid devorlari yaqinida qurbon bo‘lganlar xotirasiga duo qilish bilan cheklanishdi.

Top