22:14 / 21.11.2015
4090

Poroshenko: Ukraina defoltdan qocha oldi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina hukumati deyarli defoltdan qocha olganini aytdi, deb xabar bermoqda UNIAN.

Poroshenkoning ta'kidlashicha, moliyaviy tizimni barqarorlashtirishga erishildi, tashqi qarzning bir qismini hisobdan chiqarishga, oltin-valyuta zaxiralarini tiklash va
to‘ldirishga muvaffaq bo‘lindi.

Poroshenkoning aytishicha, Ukraina yalpi ichki mahsuloti olti chorak davomida birinchi marta minimal o‘sishni ko‘rsatdi.

Biroq prezidentning ta'kidlashicha, islohotlar hali aholi turmush darajasining o‘sishiga olib kelmadi. Uning aytishicha, Ukraina “harbiy harakatlarni va Rossiya tomonidan keng ko‘lamdagi iqtisodiy tajovuzni boshidan kechirmoqda”.

Avvalroq Ukrainaning davlat qarzi 70 mlrd dollardan oshib ketgani ma'lum qilingandi.

Top