14:58 / 22.11.2015
4150

"Astana" futbolchisi o‘zi uchun mukofot o‘rnida berilgan Mercedes Benz`ni jamoa hisobiga o‘tkazdi

Ostona shahrida "Astana" jamoasining mavsum chempionligini qo‘lga kiritgani munosabati bilan futbolchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Bu marosim "Oskar" g‘oliblarini taqdirlash marosimidan qolishmas darajada o‘tkazilgan. Unda "Astana" hujumchisi Foksi Ketevoamaga mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan Mercedes Benz avtomobili berilgan.

Marosimdan so‘ng ushbu futbolchi o‘z mukofotini jamoadoshlari bilan "bo‘lishish"ga qaror qilgan va mashinani jamoa ixtiyoriga topshirgan.

"Bu yutuqlar uchun jamoaning barcha futbolchilari o‘z hissalarini qo‘shishgan", deydi futbolchi.

Marosimda Ostona shahri hokimi Adilbek Jaksibekov, "Samruk-Kazin" AJ rahbari Umirzoq Shukeyev va "Astana" jamoasi Sayan Hamitjanov ham ishtirok etishib, futbolchilarga o‘z tabriklarini bildirishgan.

Top