15:25 / 22.11.2015
2900

Aviakompaniya Qirg‘izistonda unga tegishli Boeing qo‘nish chizig‘idan chiqib ketgani haqidagi xabarlarni sharhlab o‘tdi

AviaTraffic aviakompaniyasi kecha Qirg‘izistonning O‘sh shahri aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan o‘ziga tegishli Boeing 737 samolyoti qo‘nish chizig‘idan chiqib ketgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
“Ko‘rish yomon bo‘lganiga qaramay, samolyot chiziqqa qo‘ndi, ammo tezlikda chiziqdan biroz chetga chiqdi va tuproqqa o‘tirib qoldi, natijada shassi va dvigatelga zarar yetdi”, - dedi kompaniya vakili.
Ilgariroq Krasroyarskdan uchayotgan samolyotda shassi buzilgani haqida xabar berilgan edi.

Top