14:13 / 22.11.2015
2189

Avstraliya va Yaponiya harbiy hamkorlikni kengaytirish borasida kelishib olishdi

Avstraliya va Yaponiya Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi harbiy hamkorlikni kengaytirib borishadi. Bu boradagi kelishuvga ikki davlat tashqi siyosiy va mudofaa idoralara rahbarlarining yakshanba kuni Sidneyda o‘tgan uchrashuvi chog‘ida erishildi.
“Avstraliya va Yaponiya uchun ikki tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbolli va ustuvor yo‘nalish hisoblanadi”, - deyiladi bu borada qabul qilingan bayonot matnida.
Qo‘shma matbuot anjumanida chiqish qilarkan, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida XXRning Janubiy Xitoy dengizidagi xatti-harakatlari barchanin xavotiriga sabab bo‘layotganini yana bir bora aytib o‘tdi.

Top