19:39 / 22.11.2015
7139

Finlyandiya bosh vaziri samolyotda bo‘sh joy bo‘lmagani sababli butun parvoz paytida hojatxonada o‘tirdi

Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipilya samolyotda bo‘sh joy bo‘lmagani sababli Xelsinkidan Oulu shahrigacha bo‘lgan butun yo‘lni samolyot hojatxonasida o‘tirishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar.

Finlyandiya bosh vaziri ijtimoiy ta'minot va sog‘liqni saqlash islohotlari bo‘yicha muzokaralar cho‘zilib ketgani sababli Ouluga reysga kech qoldi. Sipilya u yerga rafiqasi bilan borishi kerak bo‘lgan. Oqibatda bosh-vazir va uning rafiqasi ertalab qutqaruv xizmatining samolyotida uchishga qaror qilishdi. Biroq bortda faqatgina birgina bo‘sh o‘rindiq bo‘lgan va bosh vazir bu joyni rafiqasiga berib, o‘zi esa hojatxonada o‘tirib ketishga majbur bo‘lgan.

Avvalroq shunga o‘xshash taajjubli voqea Shimoliy Karolina shtatidan Nyu-York shahriga reys amalga oshirayotgan Chatauqua Airlines aviakompaniyasi samolyotida yuz bergan edi. Samolyot sardori samolyot hojatxonasida qulflanib qolgan. U eshikni taqillata boshlagan. Yo‘lovchilardan biri buni eshitib qolib, yordamga oshiqqan. Uchuvchi undan uchuvchilar kabinasiga borib, bu haqda ekipaj a'zolariga aytishni iltimos qilgan. Biroq samolyot ekipaji ularga voqeani aytmoqchi bo‘lgan yo‘lovchini kabinaga kirishga urinayotgan terrorchi deb o‘ylab, samolyotni zudlik bilan qo‘ndirgan.

Top