12:40 / 22.11.2015
12915

Foydali yolg‘on...

Bolalik chog‘imizdan kattalar doimo rost gapir, yolg‘on gapirish yaxshi emas deb uqtirishadi. Meksika Milliy Universiteti, Finlandiyaning Aalto universiteti va Angliyadagi mashhur Oksford universiti mutaxassislaridan tarkib topgan guruh a'zolari kuzatuvlar natijasida, “yaxshilikni ko‘zlab yolg‘on gapirish jamiyat uchun foydali”, degan xulosaga kelishdi.

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ishlatgan yolg‘onimiz yaxshilikka xizmat qiladi. Masalan, kunimiz yomon o‘tganiga qaramasdan buning aksini aytishimiz, yoki nizo kelib chiqmasligi uchun yolg‘on ishlatish jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan holat deb qaraymiz. Vaqt o‘tgani sari ba'zi insonlar mahoratli yolg‘onchiga aylanib borishadi, balki buning yaxshi taraflari ham bordir...

Mutaxassislarning izlanishlariga ko‘ra, yaxshilik yo‘lida aytilgan yolg‘onlar faqatgina janjallar yoki xafagarchiliklarning oldini olibgina qolmasdan, jamiyat shakllanishidagi asosiy omillardan biridir.

Yana shu ma'lum bo‘ldiki, birovni tunaganlik yoki jarohatlaganlik to‘g‘risidagi katta yolg‘onlar munosabatlarni barbod qilgan bo‘lsa, kimnidir xotirjam qilish uchun ishlatilgan beozorgina yolg‘onlar aks natijalarni bergan: insonlarning o‘zaro munosabatlari yanada yaxshilana borgan.

Top